Hujjat

Ommaviy oferta

«ILK QADAM» onlayn kursi bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish shartlari

1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat quyida rekvizitlari ko‘rsatilgan sotuvchining (keyingi o‘rinlarda — «Ijrochi») «ILK QADAM» onlayn kursiga kirish huquqini sotish bo‘yicha ommaviy taklifidir. Saytda ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — «O‘quvchi») ushbu shartlarni to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.

2. Xizmat mazmuni

Ijrochi O‘quvchiga 8 haftalik «ILK QADAM» onlayn kursiga (32 dars: video, audio va jonli darslar, PDF materiallar, kundalik topshiriqlar) tanlangan tarif doirasida kirish huquqini beradi. Darslar kurs jadvali bo‘yicha ochiladi.

3. Tariflar va narxlar

  • SILVER — 599 000 so‘m (maxsus taklif; odatiy narx 1 499 000 so‘m) (yoki 2 oyga bo‘lib: 350 000 so‘m × 2 = 700 000 so‘m), kirish muddati: 1 yil. Barcha 32 dars: 16 video, 8 audio, 8 jonli dars; Prezentatsiya va dars matni (PDF); 8 haftalik kundalik: darslarni belgilab, anglashlaringizni yozasiz; Kundalik topshiriqlar va kurator tekshiruvi; Kirish muddati — 1 yil.
  • GOLD PREMIUM — 999 000 so‘m (maxsus taklif; odatiy narx 2 900 000 so‘m) (yoki 2 oyga bo‘lib: 550 000 so‘m × 2 = 1 100 000 so‘m), kirish muddati: 1 yil. SILVER’dagi hammasi; Kirish muddati — 1 yil; Kurs yakunida muallif bilan jonli uchrashuv; Shaxsiy rivojlanish kundaligi; Onalik kundaligi; Kitob va film ro‘yxati; 0–3 va 3–6 yosh mashg‘ulotlar to‘plami; Sertifikat.

4. To‘lov tartibi

To‘lov Click, Payme tizimlari orqali yoki Ijrochi ko‘rsatgan rekvizitlarga o‘tkazma bilan amalga oshiriladi. Click va Payme orqali to‘lovda kirish avtomatik ochiladi; o‘tkazma bilan to‘lovda — to‘lov cheki tekshirilgandan so‘ng ochiladi. Kirish muddati to‘lov tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi. Bo‘lib to‘lashda kirish birinchi qism tasdiqlangach ochiladi; keyingi qism har oy shu sanada to‘lanadi. Keyingi qism muddatidan 3 kun o‘tib ham to‘lanmasa, kirish to‘lov qilingunga qadar vaqtincha yopiladi; to‘lov tasdiqlangach darhol qayta ochiladi.

5. Tomonlarning majburiyatlari

O‘quvchi o‘z akkauntini boshqa shaxslarga bermaslik, kurs materiallarini tarqatmaslik va nusxa ko‘chirib sotmaslik majburiyatini oladi. Ijrochi akkauntdan bir vaqtda kirish mumkin bo‘lgan qurilmalar sonini cheklash huquqiga ega.

6. Tibbiy eslatma

Kurs ta’limiy ma’lumot beradi. U tashxis qo‘ymaydi, dori belgilamaydi va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi.

7. Pulni qaytarish

Pulni qaytarish bo‘yicha savollar Ijrochi bilan yozma murojaat orqali hal qilinadi. Murojaat uchun quyidagi aloqa ma’lumotlaridan foydalaning.

8. Shaxsiy ma’lumotlar

O‘quvchining ismi, telefon raqami yoki emaili faqat kursga kirishni ta’minlash va O‘quvchi bilan aloqa qilish uchun ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

9. Ijrochi rekvizitlari va aloqa

Ilk qadam 9860 0803 8643 3629
Telefon: +998881052824
Telegram: @umuxlisa
Bosh sahifaga